Biz haqimizda

«IPAK YO‘LI» XALQARO TADQIQOT INSTITUTI HAQIDA

“Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 oktyabrdagi PQ-5270-sonli “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan tashkil etilgan. Institut (keyingi o‘rinlarda “Ipak yo‘li” XTI deb yuritiladi) 2024 yil mart oyida ish boshlagan.

Institut Ipak yo‘li mamlakatlarining tsivilizatsiyalari tarixi va moddiy madaniy merosini tadqiq etish va ommalashtirishga ixtisoslashgan O‘zbekistonning yetakchi xalqaro tadqiqot markazi sifatida faoliyat yuritadi. U quyidagi asosiy nazariy va amaliy tadqiqotlardir yo‘nalishlarida faoliyatini amalga oshiradi: tarixiy shaharlarning meʻmorchiligi va shaharsozligi; ko‘chmas moddiy madaniy meros obʻektlarini taʻmirlash va saqlash; arxitektura va arxeologiya yodgorliklarini restavratsiya, konservatsiya va muzeylashtirishda anʻanaviy tajribalar va zamonaviy muammolar; Ipak yo‘li mamlakatlarining moddiy madaniy merosini saqlash va ommalashtirishda zamonaviy usullar, kabilardan iborat.

 

 

«Ipak yo‘li» XTI maqsadlari:

— Ipak yo‘li tarixiy shaharlarining meʻmoriy merosini fundamental va amaliy tadqiq etish;

— Ipak yo‘li mamlakatlarining arxitektura yodgorliklarini taʻmirlashda  anʻanaviy usullarni o‘rganish, obidalarni saqlash va ulardan oqilona foydalanish muammolarini o‘rganish;

— Ipak yo‘li arxeologik obʻektlari, ularni konservatsiya qilish va muzeylashtirish usullarini tadqiq etish;

— Ipak yo‘li mamlakatlarining madaniy meros obʻektlarini tarixiy-madaniy va ziyorat turizmini rivojlantirish asosi sifatida o‘rganish;

— Ipak yo‘li mamlakatlarining madaniy meros obʻektlarini o‘rganish va saqlashda innovatsion usullarni ishlab chiqish;

— Maʻmuriy hududlar bo‘yicha alohida jildlarda kengaytirilgan, to‘ldirilgan va yangilangan “O‘zbekiston meʻmoriy yodgorliklari to‘plami” ni tuzish.

 

«Ipak yo‘li» XTIning yaqin istiqboldagi vazifalari — quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqotlar:

— O‘rta Osiyo so‘fiylik maskanlari arxitekturasining evolyutsiyasi;

— O‘rta Osiyo arxitektura yodgorliklari restavratsiyasi tarixi va usullari;

— Samarqand shahridagi Amir Temur bog‘larining tarixiy o‘rnini izlashda GIS vositalaridan (geografik axborot tizimlari) foydalanish, “Samarqand Temuriylar bog‘lari” interaktiv xaritasini tuzish, shuningdek, ularni meʻmoriy qayta tiklash bo‘yicha loyiha takliflarini yaratish;

— Shahrisabz vohasining meʻmoriy merosi, uning mahalliy xususiyatlari, restavratsiya muammolari va YuNESKO butunjahon merosi obʻekti sifatida shaharning tarixiy markazini qayta tiklash bo‘yicha takliflar;

— O‘zbekiston arxitektura yodgorliklarini o‘rganish va tiklashda tanlangan obʻektlarni lazerli skanerlash va grafik rekonstruktsiya qilishdan iborat innovatsion texnologiyalar;

— Samarqand viloyatining o‘rta asr diniy-memorial majmualarining arxitekturasi va restavratsiyasi tarixi va ular asosida ziyorat turizmining rivojlanishi;

— XII asr - XX asr boshlarida Toshkent viloyati arxitektura yodgorliklarini o‘rganish, ularning mintaqaviy xususiyatlarini aniqlash, saqlash masalalari va ahamiyatli obʻektlarni restavratsiya qilish bo‘yicha takliflar;

— Arxitektura yodgorliklarini tiklashda xalq sulolaviy ustalar — usta va ustazodalarning anʻanaviy usullarini o‘rganish va ulardan zamonaviy restavratsiya ishlarida foydalanish bo‘yicha amaliy takliflar (Buxoro shahri misolida); Bunday anʻanalarni saqlab qolish, qadimiy qurilish va restavratsiya texnologiyalari, qurilish materiallari, uslublar shu bilan birga boshqa maʻlumotlarni to‘plash kabilardan iborat.

— XVII asr – XX asr boshlarida Kattaqo‘rg‘on shahrining shaharsozlik va arxitekturasi bo‘yicha tadqiqotlar va bir qator eng ahamiyatli obʻektlarni restavratsiya qilish bo‘yicha amaliy takliflar;

— Yorug‘lik arxitekturasi – meʻmoriy yodgorliklarning tungi badiiy yoritilishi;

— Arxeologik obʻektlarni saqlash va o‘rganish va ularni muzeylashtirish usullari;

—Kengaytirilgan va yangilangan “Samarqand viloyati meʻmoriy yodgorliklari to‘plami”ning birinchi jildini tuzish bo‘yicha jamlash.

— Kengaytirilgan elektron va qog‘oz maʻlumotlar bazasi (arxiv maʻlumotlari, dala tadqiqotlari, foto va video materiallar, 3D modellar, rejalar, chizmalar, yodgorliklarning grafik rekonstruktsiyasi va boshqalar).

 

Xalqaro hamkorlik

Olti oydan kam vaqt mobaynida faoliyat yuritayotgan «Ipak yo‘li» XTI moddiy madaniy merosni o‘rganish, saqlash va ommalashtirishga ixtisoslashgan xalqaro ilmiy-tadqiqot va taʻlim markazalari va muassasalari, jamg‘armalar, uyushmalar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni sezilarli darajada kengaytirishni rejalashtirmoqda. YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Xalqaro turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi (Boku sh.) bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan, qator respublika va xorijiy ixtisoslashtirilgan muassasalar bilan hamkorlik memorandumlari imzolangan.

 

Institut binosi haqida qisqacha

maʻlumot

Institut YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Samarqandning Yevropa qismi hududida 1890-1891 yillarda (ikkita asosiy kirish eshigining tepa qismida sanalari mavjud) Samarqand viloyati qo‘shinlari shtab-kvartirasi uchun qurilgan binoda joylashgan.

Chorraxaning burchagida joylashgan, tarhi G-shaklida  pishiq g‘ishtdan qurilgan bir qavatli bino bo‘lib, uning asosiy tarzi Universitet (sobiq Abramov) xiyoboniga qaragan. Bino tarzlari relefli g‘ishtin bezaklar bilan boyitilgan. G‘ishtin tarzning fonida katta hajmli g‘ishtli relef shakllar, deraza va eshik tuynuklarining gishtin chetlari sezilarli darajada bo‘rtib ajralib turadi. Bosh tarzning asosiy kirish eshik zinapoyasiga ikkita bir xil oltin rangdagi sherlarning katta haykallari o‘rnatilgan. Birinchi kirish “Ipak yo‘li” xalqaro universiteti maʻmuriyat majmuasiga yeltadi, ikkinchisi – “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti joylashgan binoning ikkinchi qismiga olib boradi.