REKTOR TABRIGI

«Ipak yo‘li» xalqaro turizm va madaniy meros universiteti qoshidagi «Ipak yo‘li» xalqaro tadqiqot instituti o‘z faoliyatini 2024 yil mart oyida O‘zbekistonning tsivilizatsiyalar tarixi va Ipak yo‘li mamlakatlarining moddiy madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirishga ixtisoslashgan yetakchi ilmiy-tadqiqot markazi sifatida boshlagan.

Ipak yo‘li XTI tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishlari tarixiy shaharlar arxitekturasi va shaharsozligi sohasidagi nazariy va amaliy ishlanmalar, arxitektura yodgorliklarini restavratsiya qilishning anʻanaviy tajribasi va zamonaviy muammolarini o‘rganish, meʻmorchilik va arxeologiya obʻektlarini konservatsiya qilish shuningdek muzeylashtirishdan iborat. Institutda tarixiy diqqatga sazovor joylarni o‘rganish, grafik rekonstruktsiya qilish va tiklashning zamonaviy innovatsion usullaridan foydalaniladi.

...
A. A. Abduhakimov

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri

...
M.A. Yusupova

“Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti direktori, arxitektura fanlari doktori, professor

INSTITUT DIREKTORI TABRIGI

Assalomu aleykum, hurmatli hamkasblar — olim, tadqiqotchi va mutaxassislar!

Biz, «Ipak yo‘li» xalqaro tadqiqot instituti jamoasi, Ipak yo‘li mamlakatlarining moddiy madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha murakkab va ilhomlantiruvchi missiya – vazifamizni bajarishga kirishdik. 

«Ipak yo‘li» XTIning muhim vazifalari: moddiy madaniy meros sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlar; ko‘p jildli yangilangan va to‘ldirilgan “O‘zbekiston meʻmoriy yodgorliklari to‘plami”ni tayyorlash va nashr etish; so‘nggi tadqiqotlar maʻlumotlari va natijalari bilan to‘ldirilgan keng qamrovli “O‘zbekiston madaniy merosi obʻektlari elektron bazasi”ni tuzish; kabilardan iborat.